Simone Inzagi: "Lacio" safida 17 yil to'p tepdim va klub muammolarini bilaman"

Aslanov Jasurbek
14 dek 2016, 13:14
"Lacio" bosh murabbiyi Simone Inzagi o'z jamoasiga ishonadi va uning muammolari haqida biladi.

"Men bu yerda futbolchi sifatida o'sishga muvaffaq bo'ldim, endi esa murabbiy bo'lib ishlayapman. Biz yaxshi natijalarga erishganmiz va bu muvaffaqiyatni butun klub bilan bo'lishaman. Bu chaqiruvni qabul qilganimda, oson bo'lmasligini bilganman. Hozir baxtlimiz, chunki hammasini yaxshi bajaryapmiz, ammo qiyini oldinda. Jamoaga ishonaman. 17 yil davomida "Lacio"da o'ynadim va uning muammolarini bilaman.

Rim derbisidagi mag'lubiyatdan so'ng hafta og'ir o'tdi, ammo biz buni hal qildik va "Sampdoriya" ustidan qozonilgan g'alaba bilan javob berdik" - deydi Inzagi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Italia