

Italiyaning "Inter" klubi bosh murabbiy Simone Indzagi bilan shartnomani uzaytirdi. Yangi kelishuv 2026 yilga qadar amal qiladi.
Indzagining "Inter"dagi maoshi 6,5 mln evroni tashkil qiladi. Shu tariqa, Simone A Seriyaning eng ko'p maosh oluvchi murabbiyiga aylandi. Keyingi o'rinda "Napoli" ustozi Antonio Konte 6 mln evro maosh bilan qayd etilgan.
Ma'lumot uchun, Simone Indzagi 2021 yildan beri "Inter"ni boshqarib keladi.



