Simeone: "O'g'lim albatta katta futbolchi bo'ladi, ammo mening jamoamda emas"

Aslanov Jasurbek
25 mar 2017
"Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeone "Jenoa" hujumchisi bo'lgan o'g'li Jovanni Simeone uning jamoasiga o'tishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi.

"Jovannining mening jamoamga o'tishi katta qurbonlik bo'lardi, futbolda bunga joy yo'q. Bu bor-yo'g'i o'yin, unda professionallar ishtirok etsa ham. Jovanni "Jenoa"da fantastik mavsum o'tkazdi va 11 ta gol urdi - buni yangi jamoasidagi ilk mavsumda bajarish qiyin. Uning paydo bo'lishi o'g'limga qo'shimcha masuliyat yuklardi va bu zararga ishlaydi. O'g'lim yaxshi futbolchi va mehnatkash. U albatta katta futbolchiga aylanadi, ammo mening jamoamda emas. Unga yaxshi imkoniyat berishga tayyor ko'plab klublar mavjud" - deydi Simeone.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Italia