Simeone: "Bu "Liverpul" tarixga kiradi, biz buyuk jamoa haqida gapirmoqdamiz"

Alisher
18 fev 2020
"Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeone CHL 1/8 final doirasidagi "Liverpul"ga qarshi ilk o'yindan oldin o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Bizni buyuk jamoa bilan o'yin kutib turibdi. Ularda juda kuchli murabbiy bor. U bu jamoani 4 yil davomida shakllantirdi va bu jarayon davom etmoqda. Koutino ketgandan so'ng jamoa tarqalib ketadigandek tuyulgandi, ammo ular yanada kuchayishdi. Bu esa "Liverpul" o'yinchilari haqida ko'p narsadan dalolat beradi.

Klopp bilan o'rtamizda o'xshashlik bordir. Men uni "Borussiya"da ham eslayman va "Liverpul"dagi ishini ham qadrlayman. Biz buyuk jamoa haqida gapirmoqdamiz. Bu "Liverpul" albatta tarixga kiradi. Men bu jamoaga raqib sifatida qoyil qolaman. Ammo, bu o'yinga yaxshi tayyorgarlik ko'rmoqdamiz, hatto dunyodagi eng kuchli jamoasiga qarshi o'yin bo'lsa ham.

Stadion shubhasiz "yonadi". Men futbolchilarimga va muxlislarga ishonaman. Jamoada hech qanday pessimistik ruh ko'rmayapman, faqat ishtiyoq va ilhom", - deydi Simeone.

Oblak: "Liverpul" - haqli ravishda favorit, ammo..." 




AlisherMuallif
Manba: Marca