Silvio Berluskoni: "Inzagining iste'fosi? Men hali hech kimni bo'shatganim yo'q"

Aziz Tukhtamuradov
21 may 2015
Milan prezidenti Silvio Berluskoni klub bosh murabbiyi Filippo Inzagining iste'fosi borasidagi gap-so'zlarni inkor etdi.
"Inzagining iste'fosi? Men hali hech kimni ishdan bo'shatganim yo'q.

Murabbiy ishlamoqda. U bo'shatilmaydi va ishlashda davom etmoqda", - deydi Berluskoni.

Avvalroq esa, Milan Karlo Anchelotti, Unai Emeri va Antonio Konte kabi murabbiylar nomzodlarini ko'rib chiqayotganligi haqida xabarlar tarqalgandi.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: sports.ru