Sigurdarsondan so'ng "Rostov"ning yana bir hujumchisi jamoani tark etadigan bo'ldi

Alisher
27 yanv 2020
"Rostov" hujumchisi Vidar Kyartansson faoliyatini Turkiyaning "Eni Malatyaspor" jamoasida davom ettiradi.

"Rostov" va "Eni Malatyaspor" klublari hujumchining ijarasi borasida kelishib olishdi.

Islandiyalik forvard mavsumning qolgan qismini Turkiya Superligasida davom ettiradi.

Eslatib o'tamiz, oldinroq "Rostov"ning yana bir islandiyalik hujumchisi Born Sigurdarson ijara asosida Kiprning APOEL klubiga o'tgan edi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/rostovfc