Shveytsariya sudi Peru hujumchisining diskvalifikaciyasini kuchida qoldirdi

Aziz Tukhtamuradov
2 okt 2018
Shveytsariya federal sudi Peru terma jamoasi hujumchisi Xose Paolo Gerreroning apellyaciyasini qabul qilmadi.

2017 yilning oktyabr oyida futbolchidan olingan doping-tahlil ijobiy natija bergandi. Buning natijasida FIFA hujumchini bir yilga futbol faoliyatidan chetlatgan edi. Keyinchalik Gerrero qaror yuzasidan apellyaciya bergan va diskvalifikaciya muddatini 6 oyga qisqartirishga muvaffaq bo'lgandi. 

Ammo, Sport arbitraj sudi VADA (xalqaro antidoping) tashkiloti bergan davo natijasida ishni qayta ko'rib chiqib, jazo muddatini 14 oyga uzaytirib berdi. Shu yilning bahorida Gerrero Shveytsariya federal sudiga murojaat qildi va o'z diskvalifikaciyasini to'xtatishlarini so'radi. Sud futbolchi foydasiga hukm chiqardi va natijada Gerrero JCH-2018da ishtirok etdi. Avgust oyida Gerreroning diskvalifikaciyasi qayta tiklandi. Endi u jazo muddatini to'liq o'taydi. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: