Peruda g'alati hodisa: futbolchi o'yin paytida qovug'ini bo'shatdi

Sherzod Nurmatov
19 avg 2024
"Atletiko Avaxun" futbolchisi Sebastyan Munos Peru Kubogi doirasidagi "Kantorsilo"ga qarshi o'yindagi nomaqbul ishi uchun qizil kartochka oldi.

Futbolchi burchak zarbasini amalga oshirishi kerak edi, biroq tibbiyot vakillari boshqa o'yinchiga yordam berayotgan vaqtda u bayroqchadan uzoqlashdi va panjara ustiga yozildi. (VIDEO)



Uchrashuv bosh hakami futbolchilardan Munosning xatti-harakatlari haqida ma'lumot oldi va unga to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochka ko'rsatdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Irish Sun