Shvetsiya terma jamoasi hujumchisi jazolanishi mumkin

Aslanov Jasurbek
25 iyun 2018
Shvetsiya terma jamoasi Markus Berg Germaniyaga qarshi bahsdan keyingi harakatlari uchun FIFA tomonidan jazolanishi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, Germaniya bilan o'yindan so'ng FIFA vakillari Bergni doping testga chaqirishdi, biroq futbolchi buning o'rniga jurnalistlar bilan muloqot qilgan. OAV vakillari bilan muloqotdan so'ng Berg test topshirdi va uning organizmida taqiqlangan moddalar topilmadi.

Berg o'z vaqtida doping-testga bormagani uchun jazolanishi mumkin.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: 101 Great Goals