Shvaynshtayger yangi jamoasida debyut o'yindayoq gol urdi

Aslanov Jasurbek
2 apr 2017, 01:32
“Chikago Fayr” jamoasi yarim himoyachisi Bastian Shvaynshtayger jamoasining “Moneral Impekt” klubiga qarshi kechgan bahsida o'yinda hisobni ochishga erishdi.

Germaniyalik futbolchi yangi jamoasidagi debyut o'yinida uchrashuvning 17-daqiqasida boshi bilan raqib darvozasini aniq nishonga olishga erishdi.

Shvaynshtayger  21 mart kuni “MYU”dan amerika klubiga ko'chib o'tdi. Xabar qilishlaricha, u yangi jamoasida yiliga 4,5 million dollar ishlab topadi.



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sports.ru