Shvaynshtayger - MYUning "Liverpul"ga qarshi o'yini haqida: "Bu yashash uchun kurash edi"

Mirjalol Normatov
25 avg 2022
Bastian Shvaynshtaygerning fikriga ko'ra, "Manchester Yunayted" "Liverpul"dan yomonroq o'ynadi.

"Albatta, "Yunayted"ga muxlislik qilaman, ularning g'alabasidan mamnunman. Biroq bu yaxshi o'yin bilan qo'lga kiritildimi? Unday demagan bo'lardim. Raqiblar yaxshiroq o'yin ko'rsatishdi va to'p bilan ko'proq bo'lishdi. "Liverpul" so'nggi pasda ko'p adashgani uchun o'yin yaxshi chiqmagandek ko'rindi, aks holda barchasi boshqacha bo'lishi mumkin edi.

Biroq "Yunayted"da o'yinga bo'lgan e'tibor yaxshiroq bo'ldi. To'psiz o'yin, kayfiyat va jangovarlik. Fikrimcha, muxlislar ham ushbu o'yinni tomosha qilib yutishdi.

"Yunayted"da yaxshi murabbiy bor va u o'z joyiga mos. Biroq "Yunayted" mavsumda shunday o'ynamoqchimi? Bunday deb o'ylamayman. Chunki bu yashash uchun kurash edi", - mankunianliklar sobiq futbolchisi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal