Shupo-Moting "Bavariya" futbolchisiga aylandi

"Pari Sen-Jermen" klubi sobiq hujumchisi Erik-Maksim Shupo-Moting "Bavariya"ga o'tdi. Bu haqda myunxenliklar matbuot xizmati xabar tarqatdi.

Forvard oldinroq PSJ bilan shartnomani yangilashdan bosh tortgan va erkin agentga aylangan edi.

31 yoshli kamerunlik futbolchi "Bavariya" bilan 1+1 sxemasi asosida bitim imzoladi.

Eslatib o'tamiz, Shupo-Moting PSJ tarkibida 2018 yildan buyon harakatlanib kelayotgan edi. Forvard francuz klubi uchun 51 uchrashuv o'tkazib, 9 gol va 3 ta samarali uzatmaga mualliflik qilgan.

Rasman: "Bavariya" braziliyalik o'yinchini ijaraga oldi 


Manba: twitter.com/FCBayern