Shuhrat Sadirdinov: “Niyatim keyingi yil oliy ligada o'ynash”

Narzulla Saydullayev
9 noya 2016
Bugun O'zbekiston Birinchiligi ikkinchi davra qoldirilgan 23-tur doirasidagi “Xotira-79” - “Zomin” uchrashuvi bo'lib o'tadi.

O'yindan oldin  mehmonlar himoyachisi Shuhrat Sadirdinovning uchrashuv haqidi fikri bilan qiziqdik.

-   Oxirgi ikkita turda o'z maydonlaringda durang o'ynadilaringiz, bu uchrashuvda g'alaba qozonishlaringiz mumkinmidi?

-   Xa yutishimiz mumkin edi. Lekin g'alaba qozonish nasib qilmadi.

-   Birinchi liga musobaqalari o'z nihoyasiga etishiga ikkita tur qoldi. Keyingi yilgi rejalar qanaqa?
-   Men hozircha ikkita tur uchrashuvi haqida o'ylayapman. Hammasini vaqt ko'rsatadi. Niyatim keyingi yil Oliy liga jamoalaridan birida to'p surish.

-   Nima deb o'ylaysiz, qoldirilgan ikkita turda g'alaba qozona olasizlarmi?
-   Menimcha ha. Jamoamizning barcha o'yinchilari uchrashuvlarga optimal xolatda tayyor. Muhimi omad bizdan yuz o'girmasa bo'ldi.

Akmal Raxmatullaev suhbatlashdi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia