“Shrusberi“ga qarshi “Liverpul“ tarixidagi eng yosh tarkib maydonga chiqarildi

Yarim himoyachi Kertis Jons mazkur bahsda “Liverpul“ futbolchilarini sardor sifatida maydonga boshlab chiqadi.

U klub tarixidagi eng yosh sardorga aylandi (19 yosh-u 5 kunlik).

Shuningdek, mazkur uchrashuvga tushirilgan futbolchilar “Liverpul“ tarixidagi barcha musobaqalar doirasida o'ynagan eng yosh jamoaga aylandi. Ularning o'rtacha yoshi – 19 yil-u 102 kun.

“Liverpul“: Kellexer, Uilyams, Xuver, van der Berg, Klarkson, Lyuis, Keyn, Chirivelya, Jons (s), Millar, Elliot.

Angliya kubogi. "Liverpul"ning asosiy tarkibi ma'lum bo'ldi


Manba: BBC Merseyside Sport