Shri-Lanka U-19 - O'zbekiston U-19 - 0:3

Narzulla Saydullayev
4 okt 2015
Yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionati saralashi doirasidagi Shri-Lanka U-19 - O'zbekiston U-19 uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Shri-Lankaga qarshi o'yinning 7-daqiqasidayoq vakillarimiz hisobni ochishdi.Nurillo To'xtasinov raqib darvozasiga to'p kiritdi - 0:1. Doston Ibragimov 20-daqiqada O'zbekistonning ikkinchi golini urdi - 0:2. Oradan ko'p o'tmay Sanjar Qodirqulovhisobni yiriklshatirdi - 0:3.

Ikkinchi bo'limda Jasur Abduraimov shogirdlari boshqa gol urishmadi va ikkinchi o'yinda ham yirik hisobda g'alabaga erishishdi. Eslatib o'tamiz, O'zbekiston yoshlar terma jamoasi ilk turda Butanni 7:0 hisobida taslim qilgandi.

Guruhdagi so'nggi uchrashuvni yoshlarimiz Bangladeshga qarshi o'tkazishadi. Takidlash joiz, saralash guruhi g'olibi to'g'ridan-to'g'ri kelasi yili Bahraynda bo'lib o'tadigan U-19 yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionati final bosqichiga yo'llanma oladi. Shuningdek, saralashning 10ta guruhi g'oliblari hamda eng yaxshi ko'rsatkichga ega 5ta ikkinchi o'rin sohiblari Osiyo chempionati final bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritadilar.

Shri-Lanka U-19 - O'zbekiston U-19 - 0:3
Gollar:
Nurillo To'xtasinov 7, Doston Ibragimov 20, Sanjar Qodirqulov 28
Shri-Lanka U-19: Rishad Muhammad Rasik, Jude Supan, Tevaraja Klintan, Anjana Vikrama Sigxe, Perumal Pravin, Danushka Arachchige, Niresh Sundararaj, Matxusan Resix, Muhammad Farud, Muhammad Shahil Azar, Muhammad Afam Akram.

O'zbekiston U19
: 1.Umidjon Hamroev, 2.Islomjon Qobilov, 3.Husniddin G'ofurov, 4.Hushnudbek Avilov, 6.Azizjon G'aniev, 7.Nurillo To'xtasinov, 8.Sharof Muhiddinov, 9.Sanjar Qodirqulov, 10.Doston Ibragimov, 11.Bobur Abduxoliqov,  14.Hojiakbar Alijonov.
Zaxira: 12.Sanjar Yo'ldoshev, 21.Akrom Xodjaev, 5.Tursunboy Rahimberdiev, 13.Jahongir Ahmadov, 16.Begzod G'anijonov, 17.Saidjamol Davlatjonov, 18.Suhrob Nurulloev, 22.Farruh Yo'ldoshev.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia