Shoxruz Norxonov: “Tajriba baribir o'z so'zini aytdi”

Narzulla Saydullayev
10 avg 2016
“Buxoro” - “Obod” jamoalari uchrashuvi (1:0) so'ngida, mehmonlarning iqtidorli hujumchisi Shoxruz Norxonov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi:
- O'yin juda qiyin kechdi. Turnir jadvalidagi o'rnimizdan kelib aytsak, hozir har bir o'yin “Obod” uchun finalga teng. Shu bois, g'alaba ilinjida maydonga tushgandik. Afsuski, yakunda tajriba baribir ustun keldi. Qanchalik ko'p hujum qilmaylik, tajribali himoyachilar uni bartaraf etishdi. Xatolarimiz esa o'zimizga gol olib keldi.
Jamoamiz ikkinchi davrada yaxshi o'yinchilar bilan boyidi. O'yin uslubimizda ham o'zgarishlar bor. Nasib etsa keyingi bahslarda g'alaba bilan muxlislarni xursand etamiz.  

“Buxoro” PFK Matbuot xizmati.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia