Shoxruz Norxonov: "Bunyodkor"ga qarshi javob o'yinida g'alaba uchun maydonga chiqamiz"

Aziz Tukhtamuradov
27 mar 2016, 14:00
"Obod" hujumchisi Shoxruz Norxonov "Bunyodkor"ga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Bunyodkor kuchli jamoa. O'yin qiyin bo'ldi. Yigitlar bilan birga bor kuchimiz bilan harakat qildik. Sal omad yetishmadi. O'z xatolarimiz evaziga gollar o'tkazib yubordik. Shuningdek, bir qancha gollik vaziyatlarimizdan ham foydalana olmadik.

Yomon natija bo'lmadi deb o'ylayman. Xar bir o'yinda g'alaba uchun maydonga chiqamiz.

Javob o'yini qiyin bo'lishi aniq. Keyingi o'yinda xatolarimizni takrorlamasdan, "Bunyodkor" maydonida g'alaba uchun maydonga chiqamiz.

"Bunyodkor" jamoasi darvozasiga gol kiritish doimo yoqimli. Lekin, g'alaba qozonganimizda bundan xam yaxshi bo'lardi. Xar bir o'yin oldidan gol kiritishni maqsad qilib maydonga chiqaman. Nasib qilsa, keyingi o'yinlarda xam raqiblar darvozasi tomon yo'l ola bilaman. Kiritgan golimni esa "Obod" muxlislariga bag'ishlayman", - deya o'z fikrlarini yakunladi Shoxruz Norxonov. 



Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia