Superliga. "Qizilqum" "Buxoro"ni mag'lub etdi, Norxonov sobiq jamoasiga gol urdi

Sherzod Nurmatov
8 avg 2025
Superliga 17-turidan joy olgan "Qizilqum" – "Buxoro" bahsi bo'lib o'tdi.

Superliga, 17-tur

"Qizilqum" – "Buxoro" 1:0 

8 avgust 2025 yil. Navoiy, "Yoshlar" sport majmuasi. 20:00

Hakamlar: Nayim Qosimov, Elnur Doniyorov, Dilshod Jumaniyozov, Ravshan Abduvahidov

Nazoratchi: Timur Galeev

VAR: Abdurashid Xudayberganov

AVAR: Avazbek Abdullaev

Komissar: Oybek Ikromov

Gol: Shohruz Norxonov 3, - 1:0 (Fayzullobek Jumanqo'ziev). 

"Qizilqum": 1.Sanjar Quvvatov, 4.Ilhomjon Vahobov, 5.Dilshod Komilov, 8.Shahzodbek Rahmatullaev (7.Davron Anvarov, 64), 9.Islom Kenjaboev (22.Shahzod Turopov, 81), 11.Jambuli Jigauri (20.Bobomurod Bozorov, 89), 16.Asror G'ofurov, 23.Samandar Shukurillaev, 70.Shohruz Norxonov (10.Roman Papariga, 64), 77.Fayzullobek Jumanqo'ziev (18.Farhod Bekmuratov, 89), 88.Dushan Miyich.

Zaxira: 30.Farhod Rahmatov, 6.Murodali Usmonov, 17.Akmaljon Muzaffarov, 19.Ilhomjon Kenjaev, .

"Buxoro": 1.Shirinboy Abdullaev, 2.Izzatillo Po'latov (19.Bilol Tupliev, 75), 5.Sardor Qulmatov, 6.Ravshan Xayrullaev (11.Ibrohim No'monov, 46), 10.Azizbek Amonov (88.Dominik Begich, 60), 14.Alisher Xayrullaev (97.Shahboz Jo'rabekov, 26), 17.Javohir Ro'ziev, 22.Toma Tabatadze, 33.Yosip Tomashevich (27.Muhammad Yo'ldoshev, 75), 93.Marko Kolakovich, 94.Frane Ikich.

Zaxira: 21.Otabek Boymurodov, 4.Javohir O'tamurodov, 7.Muhammadsafo Fozilov, 9.Amirbek Saidov, .

Ogohlantirishlar: Frane Ikich 21, Shohruz Norxonov 45+6, Islom Kenjaboev 54, Toma Tabatadze 62, Yosip Tomashevich 73, Ilhomjon Vahobov 90+2. 


MATNLI TRANSLYATSIYA

YANGILASH


90+6. O'yin tugadi. "Qizilqum" - "Buxoro" 1:0

90+2. Ogohlantirish. "Qizilqum". Ilhomjon Vahobov 

90. O'yinga 6 daqiqa qo'shildi 

89. O'zgarishlar. "Qizilqum". Jumanqo'ziev va Jigauri o'rniga Bekmurotov va Bozorov tushdi 

86. ZARBAAA! Shahzod Turopovning uzatmasidan keyin Papariga birga bir vaziyatga chiqib zarba berdi, noaniq!

83. Zarba! Jo'rabekovning zarbasidan keyin Quvvatov to'pni ushlab oldi 

81. O'zgarish. "Qizilqum". Kenjaboev o'rniga Turopov tushdi

76. ZARBAAA! Islom Kenjaboevning jarimadan yo'llagan zarbasidan keyin Shirinboy Abdullaev seyv namoyish etdi!

75. O'zgarishlar. "Buxoro". Tomashevich va Po'latov o'rniga Yo'ldoshev va Tupliev tushdi 

74. Ogohlantirish. "Buxoro". Yosip Tomashevich

73. Xavfli vaziyat! Javohir Ro'zievning chiroyli uzatmasidan keyin Ikich darvozaga zarba bera olmadi! 

64. O'zgarishlar. "Qizilqum". Norxonov va Rahmatullaev o'rniga Papariga va Anvarov tushdi 

62. Ogohlantirish. "Buxoro". Toma Tabatadze 

60. O'zgarish. "Buxoro". Amonov o'rniga Begich tushdi

57. UXXXXX! DAXSHATLI VAZIYAT! Ikich boshi bilan to'pni darvozaga yo'lladi, Dilshod Komilov darvoza chizig'i ustidan to'pni qaytarib yubordi! Superseyv! 

54. Ogohlantirish. "Qizilqum". Islom Kenjaboev 

53. ZARBAAA! No'monovning uzatib bergan to'pini Tabatadze boshi bilan darvozaga yo'lladi, to'p darvoza ustuniga tegib qaytdi!

52. ZARBA! Jigaurining aniq zarbasidan keyin Shirinboy Abdullaev to'pni ushlab oldi!

46. Ikkinchi taym boshlandi 

46. O'zgarish. "Buxoro". Ravshan Xayrullaev o'rniga Ibrohim No'monov tushdi 


45+7. Birinchi bo'lim yakunlandi, hozircha 1:0

45+6. Ogohlantirish. "Qizilqum". Shohruz Norxonov 

45+3. "Buxoro"da jarima zarbasi, Jo'rabekovning darvozaga yo'llagan aniq zarbasi kuchsiz chiqdi, Quvvatov o'z o'rnida

45. Birinchi taymga 6 daqiqa qo'shildi 

45. VAR bu vaziyatda qoida buzilmaganini qayd etdi, o'yin davom etadi 

44. UXXX! Toma Tabatadze Shukurullaevning xatosidan keyin birga bir vaziyatga chiqib ketayotganida yiqilib tushdi. Hakamlar hozircha bu vaziyatda qoida buzilish yo'q deb topishdi. VAR tinglanmoqda 

42. "Qizilqum"ning hujumi, chap qanotdan Vahobov uzatgan to'pni Norxonov boshi bilan darvozaga yo'lladi, ancha noaniq

39. Hozirgacha statistika: Qoida buzishlar: 1-9. 

38. ZARBA! Jarima maydoni tashqarisidan Jo'rabekovning zarbasidan keyin Quvvatov to'pni ushlab oldi 

35. Hozirgacha statistika: Zarbalar: 4-2, aniq zarbalar 1-0.

33. ZARBAAA! Chap qanotdan Kolakovich uzatgan to'pni Tabatadze darvozaga yo'lladi, to'p darvoza to'riga tashqi tomondan tegdi!

30. Hakam futbolchilarga suv ichib olishlari uchun vaqt berdi 

27. Islom Kenjaboevning jarimadan yo'llagan zarbasi jonli devorga tegib maydonni tark etdi 

26. O'zgarish. "Buxoro". Alisher Xayrullaev o'rniga Shahboz Jo'rabekov tushdi 

25. Qizil kartochka bekor qilindi va sariq kartochkaga aylandi. Ogohlantirish: Frane Ikich

23. Bosh hakamni VAR monitori yoniga chaqirishdi. 

21. QIZIL KARTOCHKA! Frane Ikich birga bir vaziyatga chiqib ketayotgan Kenjaboevni yiqitgani uchun bosh hakam tomonidan qizil kartochka bilan "siylandi". 

19. Xavfli vaziyat! Islom Kenjaboev chap tomondan raqib jarima maydoniga yorib kirdi va to'pni sheriklariga uzatdi, Dilshod Komilov qulay vaziyatdan zarba bera olmay qoldi! 

10. Goldan keyin ikkala jamoa ham ehtiyotkor o'ynamoqda, xavfli hujumlar yo'q

4. Shohruz Norxonov mavsumdagi 4-golini urdi. Birinchi davrada u "Buxoro" safida 3 ta gol urgandi. 

3. GOL! Jumanqo'zievning jarima maydoniga erlatib uzatgan to'pini Shohruz Norxonov darvozaga to'g'rilab qo'ydi - 1:0. GOLNI KO'RISH

1. O'YIN BOSHLANDI!

- Uchrashuv soat 20:00da boshlanadi. 


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia