Shoxnazar Norbekov faoliyatini Qozog'istonda davom ettirishga yaqin turibdi

Narzulla Saydullayev
20 dek 2015
“Metallurg”ning 21 yoshli iqtidorli hujumchisi kelgusi faoliyatini xorijda davom ettirishga yaqin.

Aytishlaricha Norbekovga Qozog'iston klublaridan biri jiddiy qiziqmoqda. Biroq aynan qaysi jamoa ekanligi hozircha sir tutilmoqda. Agentlar bu borada bekobodliklar bilan muzokara o'tkazmoqda. Yaqin orada aniq bir to'xtamga kelingach, bu haqda to'liq ma'lumot berish mumkin.
Aytish lozimki, Shoxnazar joriy mavsum “Metallurg” safida oliy ligada 16ta o'yin o'tkazib, 2ta gol urishga erishdi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia