

Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi JCH-2022dan so'ng o'z lavozimini tark etishi mumkinligi xabar qilingandi.
"Albatta, biz u bilan ishlashni davom ettirmoqchimiz. U kelgach muvaffaqiyatga erishildi, bu ko'p yillar davomida sodir bo'lmagandi.
Men hech qanday sovrin yutmaganimizni tushunaman va bu xafa qiladi, lekin biz to'g'ri yo'nalishda ketyapmiz. Albatta, shanba kuni Fransiya ustidan g'alaba qozona olmasak, har xil gap-so'zlar boshlanadi, ammo yomonlik haqida o'ylashni xohlamaymiz. Biz o'zimizga ishonamiz", – dedi "Manchester Yunayted" futbolchisi.
JCH 1/4 finali doirasidagi Angliya – Fransiya bahsi ertaga Toshkent vaqti bilan 23:59 da boshlanadi.



