Shotlandiya chempionati. Jerrard boshqaruvidagi “Reynjers” safarda “Seltik”ni taslim etdi (+jadval)

Eldor Akmurzayev
17 okt 2020
Musobaqa 11-turidan o'rin olgan markaziy bellashuv yakunlandi.

Unda Stiven Jerrard murabbiylik qilayotgan “Reynjers” mehmonda “Seltik”ni 2:0 hisobida taslim etdi. Glazkoliklar safida Konnor Goldson dublga erishib, jamoasiga uch ochko keltirdi.

Ushbu muvaffaqiyatdan keyin Jerrard shogirdlari chempionat jadvalida 29 ochko bilan yaqqol peshqadam bo'lib oldi. Ularni taqib qilib kelayotgan “Seltik”da esa 25 ochko bor.

Seltik – Reyndjers 0:2 (0:1, 0:1)

Seltik Park

Gollar: 0:1 – 9 Goldson, 0:2 – 54 Goldson. 

Seltik – Barkas, Uelsh (Ternbull, 84), Daffi, Ayer, Laksalt (Teylor, 84), Braun, Frimpong, Ntcham (Rogich, 67), Makgregor, Elyunussi (Ayeti, 56), Klimalya (Griffits, 67).

Reyndjers – Makgregor, Xelander, Taverne, Goldson, Barishich, Kamara, Arfild (Aribo, 90), Barker (Djek, 62), Devis, Kent, Morelos (Itten, 86).

Ogohlantirishlar: Arfild (60), Braun (61), Daffi (85), Morelos (85).


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia