Shota Arveladze Qo'qondagi g'alabadan keyin kechirim so'radi

Narzulla Saydullayev
29 iyun 2019, 20:56
"Qo'qon-1912" - "Paxtakor" (1:2) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mehmonlar ustozi Shota Arveladze ishtirok etdi.

- Qiyin o'yin bo'ldi. Qo'qonda hamisha og'ir bahs kechadi. Bu yerda chempionat doirasida 2002 yildan beri yutmagandik. Birinchi bo'lib gol ura olmadik. Vaziyatlarni yuzaga keltirdik, oxirgi aniq uzatma yetishmadi. Gol o'tkazib yuborgan bo'lishimizga qaramay, g'alaba qozondik. Jamoa xarakter ko'rsatdi. Chempionlikka shunday yutuqlar bilan erishiladi

Avvalgidek o'ynay olmaganimiz sababini turli narsalardan izlamayman. Bazida shunday bo'lib turadi. Barcha biz bilan yaxshi o'yin ko'rsatishni istaydi. Mezbonlar kubokdagi og'ir o'yindan so'ng ham jiddiy qarshilik ko'rsatishdi. Balki, etarlicha ruhan hozirlana olmagandirmiz. Birgina holatni aytmagan bo'lardim

Biz futbol o'ynagani kelamiz. Agar jamoamdan kimdir o'zini madaniyatsiz tutgan bo'lsa, unda klub va rahbariyat nomidan kechirim so'rayman. Lekin muxlislardan ham o'zlarini yaxshiroq tutishlari, jamoa a'zolari oilalarini haqorat qilmasligini so'rardim. Biz futbolchilar bilan zarur suhbat o'tkazamiz", - deydi Shota Arveladze. 



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia