Shomurodovning agenti "Shtutgart" 10 mln evro taklif qilgani, SSKA va boshqa jamoalarning qiziqishi hamda "Rostov" u uchun qancha to'lagani haqida gapirdi

Tolibjon Qosimov
16 okt 2019
O'zbekiston terma jamoasi va Rossiyaning "Rostov" klubi hujumchisi Eldor Shomurodovning vakili Qahhor Mo'minov o'yinchining Yevropa top-klublariga kyetish imkoniyatlari haqida gapirdi.

Eldor Shomurodov: "Tanlash kerak bo'lsa, MYUga o'tmasdan Bundesligaga borardim"

"Transfermarkt"da uning "Rostov"ga o'tgan summasi 750 ming evro deb ko'rsatilgan. Bu noto'g'ri: "Rostov" Eldor uchun ancha kamroq to'lagan.
Hozir u eng yaxshi to'purar, yaqindagina shartnomasini uzaytirdi, shu sabab ham endi narx boshqacha bo'lishi kerak. O'zi umuman o'yinchining narxi bu - unga taklif qilinayotgan summa.

"Shtutgart" 10 mln evro atrofida taklif qilgan. SSKA ham shunga o'xshash taklif bilan chiqqan. Yakuniy qarorni esa "Rostov" qabul qilishi lozim. Bu masalaga qishda qaytishga kelishib olganmiz, biz allaqachon shunga o'xshash raqamlar bo'yicha yana boshqa takliflar ham bor.

Lekin, ko'rib turibmanki "Rostov" qishda uni sotishi qiyin masala, bu yerda ularning poziciyasi aniq. O'zbekistonda bo'ldim va Eldor hamda uning oilasi bilan gaplashdim.

Agar klub top-ligalardan munosib takliflar olsa, yozda bu masalaga yana qaytamiz. Shomurodovning "Rostov" bilan shartnomasida bu borada kelishib olganmiz", - dedi Mo'minov.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru