Shomurodov: "Miranchuk menga sms yubordi"

Alisher
11 okt 2020
"Jenoa" hujumchisi Eldor Shomurodov bundan oldin "Atalanta"ning rossiyalik yarim himoyachisi Aleksey Miranchuk bilan tanish bo'lmagani haqida gapirdi.

"Men u bilan tanish emasman. Balki shu erda ko'risharmiz. Aleksey agentlar orqali menga sms yubordi, yoqimli", - deydi Shomurodov.

25 yoshli O'zbekiston terma jamoasi futbolchisi "Jenoa" bilan 4 yillik shartnoma imzolagan, genuyaliklar uning transferi uchun 7,5 million evro mablag' sarflashdi.

Miranchukka kelsak, Rossiya terma jamoasi yarim himoyachisi bundan biroz oldin "Lokomotiv" (Moskva)dan "Atalanta"ga o'tgandi, ammo u hali jarohati tufayli Bergamo jamoasida o'ynamadi.


AlisherMuallif
Manba: Sport24