⚡️ Shomurodov Yevropa Ligasi final raundida gol urgan nechanchi o'zbekistonlik?

Eldor Akmurzayev
9 sen 2022
Biroz oldin, Yevropa Ligasi 2022/23 yilgi mavsum guruh bosqichidan o'rin olgan dastlabki tur uchrashuvi “Ludogorec” hamda “Roma” o'rtasida bo'lib o'tdi.

Yevropa Ligasi. "Roma" "Ludogorec"ga mag'lub bo'ldi. Shomurodov esa 67-daqiqada maydonga tushib mavsumdagi ilk golini urdi!

O'yinda mezbonlar 2:1 hisobida g'alabaga erishdi. Rimliklar safida Eldor Shomurodov 2-taym o'rtalariga yaqin Andrea Belottining o'rniga maydonga chiqdi va jamoa sardori Lorenco Pellegrinining uzatmasidan keyin raqib darvozasini boshi bilan chiroyli tarzda ishg'ol etdi.

Shu vaqtgacha o'zbekistonlik futbolchilar (mahalliylashtirilganlari bilan birga) orasida Mirjalol Qosimov (1 ta), Vladimir Shishelov (1 ta), Odil Ahmedov (2 ta) va Vladimir Maminov (1 ta) Yevropa Ligasi (eski nomi UEFA Kubogi) final raundida to'p kiritishga erishgandi.

Qayd etish joizki, Shomurodov musobaqaning saralash bosqichida ham gol urgan. Bu 2020 yil “Rostov” safida “Makkabi Xayfa”ga (1:2) qarshi bahsda yuz bergandi. Shuningdek, kvalifikaciya raundida o'zbekistonliklardan Jafar Irismetov (1 ta), Ulug'bek Baqoev (1 ta), Aleksandr Geynrix (3 ta), Marat Bikmaev (3 ta), Odil Ahmedov (1 ta), Sanjar Tursunov (1 ta), Timur Kapadze (3 ta), Kamoliddin Murzoev (1 ta) ham o'z nomini yozdirib qo'yishgan.

Rimliklar guruh bosqichidan o'rin olgan 2-tur uchrashuvini 16 sentyabr (23:59)da o'z maydonida XIKga qarshi o'tkazadi.

Ahmedov, Shackix, Qosimov... Yevropa Ligasida o'ynagan o'zbek futbolchilari


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia