Shohruh Xolmatov "Andijon" ko'rigidan ketdi

Alisher
27 iyul 2021
O'tgan mavsumni Yaypanning "Turon" klubida o'tkazgan yarim himoyachi Shohruh Xolmatov joriy mavsumning birinchi qismini Buxoroning "Nurafshon" ("Buxoro") klubi safiga o'tkazgandi.

"Andijon" klubi matbuot xizmatiga ko'ra, futbolchi davralar oralig'ida jamoa tarkibiga borib qo'shilgan va ko'rikdan o'tayotgandi.

Bizga ma'lum bo'lishicha, Shohruh Xolmatov ayni damda "Andijon" lagerini tark etgan. Bu haqida yarim himoyachining o'zi saytimiz muxbiri bilan suhbatda aytib o'tdi. Hozirda futbolchiga Pro-liga klublaridan qiziqish bor va u takliflarni ko'rib chiqmoqda.


AlisherMuallif
Manba: "Андижон" матбуот хизмати