Shifokorlar o'rtasidagi JCH. Guruh bosqichiga qur'a tashlandi. Bugun O'zbekiston o'ynaydi

Mirjalol Normatov
1 iyul 2018
1-8 iyul kunlari Chexiya poytaxti Praga shahrida shifokorlar o'rtasida jahon chempionati o'tkaziladi.

Unda Sergey Chigataev bosh murabbiyligidagi O'zbekiston shifokorlar terma jamoasi ham yurtimiz sharafini himoya qilishadi.

Kecha turnirning guruh bosqichiga qur'a tashlandi. Unga ko'ra, o'zbekistonliklar pley-off yo'llanmasi uchun Germaniya, Avstraliya va Janubiy Koreya termalari bilan bahs olib boradi.

Bugun O'zbekiston termasi Toshkent vaqti bilan 15:15da janubiy koreyalik xamkasblari bilan bahs olib borishadi.

Muxlislar turnir uchun maxsus yaratilgan "YouTube"dagi wmfc2018.com saxifasi orqali uchrashuvlarni kuzatishlari mumkin.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia