Shifokorlar o'rtasidagi JCH. Chexiyaga boradigan tarkib ma'lum

Mirjalol Normatov
31 may 2018, 12:33
30 iyundan 8 iyulga qadar Chexiya poytaxti Praga shahrida shifokorlar o'rtasida jahon chempionati o'tkaziladi.

Unda Sergey Chigataev bosh murabbiyligidagi O'zbekiston shifokorlar terma jamoasi ham yurtimiz sharafini himoya qilishadi.

Darvozabon: Hamidxo'jaev Mahmudxo'ja.

Himoyachilar: Asqarov Akbar, Yo'ldoshev Abdulaziz, Rahmatov Aziz, Usmonov Ilhom, Mamatov Jamshid, Davlatov Kamoliddin.

Yarim himoyachilar: Jumaniyozov Qudrat, Choriev Sayfullo, Jo'raev Baxtiyor, Qobulov Timur, Tleumuratov Salauatdin, Qarshiev Nodir, Tolipov Sarvar, Yusupov Shavkat, Safarov Adham, Hasanov Nasriddin, Qodirov Marsel, Hamidov Jamol, Otaboev Kamoliddin, Haydarov Qambar.

Hujumchilar: Hoshimov Shuhrat, Salimov Baxtiyor, Umarov Farhod, Enverov Enver.

Ma'lumot uchun, ushbu turnir har yili o'tkaziladi. O'tgan yili O'zbekiston terma jamoasi JCHning guruh bosqichi 1-turida AQSHni 4:1 va braziliyalik hamkasblarini 2:0 hisobida mag'lub etgan. Yana bir uchrashuvda esa avstriyaliklar bilan murosa ko'chasi tanlangan. Chorak finalda esa Buyuk Britaniya termasi 1:0 hisobida dog'da qoldirilgan. Vakillarimiz yarim final va 3-o'rin uchun o'tkazilgan bahslarda Chexiya (0:1) va Shvetsiya (0:2) termalariga mag'lub bo'lishgan.

Muxlislar turnir uchun maxsus yaratilgan "YouTube"dagi wmfc2018.com saxifasi orqali uchrashuvlarni kuzatib borishlari mumkin.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia