

"Bugun yangi yil hisobidan birinchi o'yinimizni o'tkazdik. Ikkita 45 daqiqadan, ikkita tarkib bilan harakat qildik. 10 nafar yosh futbolchini asosiy tarkibga jalb qildik. Birinchi o'yin uchun yomon taassurot qoldirishmadi. Bizda birinchi o'yin, raqibimiz yildagi 3 yoki 4-o'yinini o'ynadi. Hozir jarohat olganlar yo'q emas. Bo'riev va Hamraliev o'n kun ichida mashg'ulotimizga qo'shiladilar. 5 nafar futbolchimiz terma jamoa yig'inida ishtirok etyaptilar. Shifokorlar bilan maslahatlashgan holda Alijonovga bugun 30 daqiqa o'ynash imkoniyatini berdik", - deydi Tojiev.



