"Shiddatli La Liga". "Barsa" va "Atletiko" o'rtasidagi farq 4 ochko, ular ortidan "Real" kelmoqda, hattoki "Sevilya" ham chempionlikka davo qilishi mumkin

Alisher
16 mar 2021
"Barselona" kecha La Liga 27-tur doirasida "Ueska" (4:1)ni mag'lub etdi.

Kataloniya klubi yetakchi "Atletiko" bilan o'rtadagi farqni 4 ochkogacha qisqartirdi va uchinchi o'rinda bo'lib turgan "Real"dan 2 ochkoga ilgarilab ketdi.

Egn qizig'i, "Real"dan bitta o'yin kam o'tkazgan "Sevilya" ham chempionlikka davogarlik qilishi mumkin, sababi jamoa zaxira o'yinini yutsa, "qirollik klubi" bilan o'rtadagi farq 3 ochkogacha qisqaradi.

Nima deb o'ylaysiz, La Liganing yakuniy to'rtligi qanday ko'rinishda bo'ladi?


AlisherMuallif
Manba: championat.asia