Shevchenko Polsha termasida ishlamoqchi

Mirjalol Normatov
27 yanv 2022
Murabbiy Andrey Shevchenko "Jenoa" bilan shartnomani bekor qilish ishlarini olib bormoqda.

"Sport.pl" xabariga ko'ra, ukrainalik mutaxassisning Genuya klubi bilan shartnomasi bekor qilinganicha yo'q. Biroq u iste'foga chiqarib bo'lingan.

Avvaliga Shevchenko klubdan bir yillik maoshini talab qilayotgandi. Ammo hozirda bu summa yillik maoshning yarmigacha tushdi. Shu orqali u Polsha termasida minimal maoshda ishlashi mumkin bo'ladi.

Oldinroq Polsha FF mutaxassisga yiliga 2,5 million evro maosh to'lashi aytilgandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sport.pl