Shevchenko Polsha terma jamoasi bosh murabbiyi bo'lishga rozi

Alisher
24 yanv 2022
Ukrainalik mutaxassis Andrey Shevchenko Polsha terma jamoasini boshqarishga rozilik bildirdi.

Shevchenko va Polsha futbol ittifoqi o'rtasidagi shartnoma shartlari kelishilgan. 45 yoshli mutaxassis yiliga 2,5 mln evro maosh oladi. Mablag'ning bir qismini Polsha futbol ittifoqi, qolganini homiylar to'lashadi.

Shevchenko "Jenoa" bilan shartnomani bekor qilishning ayrim muammolari hal qilingandan so'ng rasman Polsha terma jamoasini qabul qilib oladi.

Eslatib o'tamiz, Shevchenko oldinroq Ukraina terma jamoasini boshqargan va jamoani Yevropa chempionati 1/4 finaligacha olib chiqqan edi.


AlisherMuallif
Manba: vZbirna