Shevchenko "Jenoa"ga ukrainalik futbolchini olib kelmoqchi

Alisher
26 noya 2021
"Jenoa" "Vest Xem" hujumchisi Andrey Yarmolenkoga qiziqmoqda.

32 yoshli ukrainalik futbolchiga genuyaliklar bosh murabbiyi Andrey Shevchenko qiziqish bildirmoqda, ular terma jamoadagi faoliyat orqali tanish.

"Jenoa" o'yinchiga transfer oynasidagi bosh maqsad sifatida qaramoqda.

Yarmolenko 2021/22 yilgi mavsum "Vest Xem" tarkibida 15ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 3ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira