Lekin ushbu jamoaning ayrim o'yinchilariga ham o'zga klublardan takliflar kelib tushmoqda. Masalan, Sherzod Hakimovga Toshkentning "Paxtakor" jamoasidan chorlov bo'lgan. Bu haqda futbolchining o'zi shunday dedi:
"Ha, chindan ham "Paxtakor"dan taklif bo'ldi. Ko'pchilikka yaxshi ma'lumki, ushbu jamoada o'ynashni mamlakatmizdagi barcha futbolchilar orzu qiladi. Sababi "Paxtakor" yurtimizda o'z o'rniga ega va bayroqdor jamoalardan biridir. Bu klubning taklifi meni ham o'z navbatida quvontirgani rost. Lekin bilasizmi bugungi kunda "Neftchi" bilan amalda shartnomam mavjud. Qolaversa rahbariyat bilan bu xususda gaplashganimda, jamoaga kerak ekanligimni aytdi va shundan so'ng bor e'tiborimni "Neftchi"ga qaratdim.
To'g'ri, hozir murabbiylar tarkibga mahoratli hujumchilarni taklif etib, oldingi chiziqdagi raqobatni oshirishga harakat qilishmoqda. Raqobat? Yo'q, bundan sira cho'chimayman. Har qanday raqobatga tayyorman!
Murabbiyimiz bilan gaplashdim, uning mendan umidi katta. O'z navbatida men ham qaysi chiziqda o'ynashimdan qatiy nazar, ishonchni oqlashga va jamoam muvaffaqiyatlariga ulushimni qo'shish uchun bor kuchimni ishga solaman" - deydi Hakimov.