"Sherif" muxlisi "Real" ustidan qozonilgan g'alaba tufayli oilasini Misrga olib borishga majbur

Aslanov Jasurbek
29 sen 2021
Futbol ishqibozi agarda Moldova klubi Chempionlar ligasi guruh bosqichining ikkinchi turida "Real"ga yutqazmasa, xotinini sayohatga olib borishga vada bergan.

Biroq "Santyago Bernabeu" maydonida "Sherif" madridliklarni 2:1 hisobida mag'lub etdi. Endi muxlis yaxshigina pul sarflashiga to'g'ri keladi - u oilasini dam olish uchun Misrga olib borishga vada bergan.

"O'yindan oldin xotinimga vada berdim: agar "Sherif" bugun yutqazmasa, butun oilamni dam olish uchun Misrga olib ketaman. Mana oqibati!" - deydi muxlis.

Eslatib o'tamiz, Yuriy Vernidub boshchiligidagi jamoa olti ochko to'plagan holda guruhda peshqadam bo'lib turibdi.

"Sherif" YCHL guruh bosqichida o'ynagan ilk Moldova klubi bo'ldi. Tiraspolliklar turnirning to'rtta saralash bosqichidan o'tgan. Ular Albaniyaning "Teuta", Armanistonning "Alashkert", Serbiyaning "Crvena Zvezda" va Xorvatiyaning "Dinamo"sini mag'lub etgan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Газета.ru