Shensni qachon "Barselona" safida maydonga tushishi mumkin?

Sherzod Nurmatov
7 okt 2024
"Barselona" bosh murabbiyi Xansi Flik yaqinda "ko'k-anorranglilar" safiga qo'shilgan polshalik posbon Voycex Shensnining sport formasi haqida gapirdi.

"Shensni ajoyib formada, uning ilk mashg'ulotlaridan juda mamnunman. U o'z tajribasi orqali bizga ko'p yordam beradi. U xalqaro tanaffusdan so'ng maydonga tushishga tayyor bo'ladi", – dedi mutaxassis.

6 oktyabr kuni "Barsa" La Liga doirasida "Alaves" bilan o'ynab, 3:0 hisobida g'alaba qozondi. Ushbu uchrashuvda darvozani Inyaki Penya qo'riqladi.

"Ko'k-anorranglilar" ayni paytda 24 ochko bilan Ispaniya chempionatida yetakchilik qilyapti.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Transfery.info