Shavkat Saidov: "Hali “Metallurg” muxlislari ko'chasida ham bayram bo'lishiga ishonaman"

Narzulla Saydullayev
30 mar 2014
"Metallurg" - "Lokomotiv" uchrashuvidan so'ng “Metallurg” jamoasi boshlig'i Shavkat Saidov ham o'yin haqidagi fikrlarini bildirib o'tdi.
Shavkat Saidov (“Metallurg” jamoasi boshlig'i): “Lokomotiv”ga g'alaba qanchalik muhim bo'lsa, biz uchun ham yutuq suv va havodek zarur edi. Butun uchrashuv davomida biz mehmonlarga munosib qarshilik ko'rsatdik. Aslida o'yin durang natija bilan yakunlansa adolatdan bo'lardi. Bizning jamoamizda aksariyat futbolchilar yosh. “Lokomotiv”da esa mamlakatimizning eng nomdor, terma jamoa o'yinchilari to'p surishadi. Bugun bizga omad yetishmadi. Qolaversa tajriba, mahorat borasida mehmonlarga biroz imkoniyatni boy berdik. Mavsum endi boshlandi. O'ylaymanki, tezda hammasi o'z iziga tushib ketadi. Hali “Metallurg” muxlislari ko'chasida ham bayram bo'lishiga ishonaman.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: lokomotiv.uz