Sharof Muhiddinov: "Paxtakor"ning golidan keyin yaxshilana boshladik"

Оқил Абдубарноев
29 may 2024, 23:23
"Nasaf" futbolchisi Sharof Muhiddinov O'zbekiston Superkubogi doirasidagi "Paxtakor"ga qarshi o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Superkubok o'z nomi bilan qiyin turnir sanaladi, chunki u bitta o'yindan iborat. Raqib ham kuchli jamoa edi. Birinchi bo'limda o'yinimiz o'xshamadi, "Paxtakor"ning golidan keyin yaxshilandik. Uchrashuv taqdirini ikkinchi bo'limdayoq hal qilsak bo'lardi, ammo vaziyatlarni yakunlashda biroz aniqlik yetishmadi. Penaltilar seriyasi esa - lotoreya. Ne'matovga minnatdorchilik bildiraman", - dedi Muhiddinov.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia