Shunaqasi ham bo'ladi! Futbolchini o'yin paytida hibsga olishdi

Aslanov Jasurbek
21 avg 2018, 16:13
"Yunion Kimbiri" va "Sport Xuanta" o'rtasidagi Peru Kubogi bahsi policiyachilar aralashuvi tufayli yakunlanmay qoldi.

Ma'lumotlarga ko'ra, policiyachilar o'yin vaqtida "Yunion Kimbiri" hujumchisi Sezar Montalvoni hibsga olishdi. Futbolchiga shaxsni o'g'irlash aybi qo'yildi. Ma'lum bo'lishicha, Montalvo ikki yil davomida boshqa ism va familiya bilan ro'yxatdan o'tgan ekan.

Aslida futbolchining ismi Xose Kontreras, ammo u ushbu jinoyatni sodir etganini tan olmayapti.

"Men futbolchiman, jinoyatchi emas" - deydi hujumchi.

"Yunion Kimbiri" jamoasiga mag'lubiyat yozildi va ular turnirdan chiqib ketishdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Sun