

Bu haqda rasman yakshanba kuni, aniqrog'i 27 dekabr kuni e'lon qilinadi. Shveytsariyalikning so'nggi ish joyi Saudiya Arabistonining "Al Ahli" klubi bo'lgan va u jamoadan fevralda ketgandi.
Gross joriy mavsum uchun "Shalke"ning uchinchi murabbiyiga aylanadi. Oldinroq klubda David Vagner va Manuel Baum ishlagandi.
"Shalke" Bundesligada 13 turdan so'ng 4 ochko jamg'argan holda jadvalda so'nggi, 18-o'rnida bormoqda.



