"Shalke" "Monako"dan Yovetichni ijaraga olishi mumkin

8 yanv 2019, 23:10
"Shalke-04" chernogoriyalik hujumchi Stevan Yovetichni o'z safiga qo'shib olishni xohlamoqda.

Bild nashrining ma'lumotiga qaraganda, tez orada forvard gelzenkirxenliklar tarkibiga borib qo'shiladi va 2021 yilga qadar ijara asosida to'p tepadi.

Yovetich "Monako"ga 2017 yil avgustda "Inter" klubidan o'tgandi. 29 yoshli futbolchi joriy mavsumda 6 o'yinda maydonga tushdi va bittadan gol va golli uzatma muallifiga aylandi.


Manba: Bild