

"Biz Domenikoga "Spartak"dagi yangi ishlarida muvaffaqiyat va zafarlar tilaymiz", – deydi Germaniya klubi sport direktori Yoxen Shnayder.
Tedesko 2017-2019 yillarda "Shalke" klubida ishladi. Uning debyut mavsumda gelzenkirxenliklar Bundesligada ikkinchi o'rinni egallashdi, lekin keyingi mavsumida Tedesko lavozimidan ozod etildi.
Sababi, "Shalke" barcha musobqalarda ketma-ket 5 ta uchrashuvda mag'lubiyatga uchradi. To'plar nisbati: 4-21. Hozirda "Shalke" Bundesligada 14 ochko bilan 6-pog'onada bormoqda.
U erdan ketgan Domeniko Tedesko "Spartak" bosh murabbiyi etib tayinlandi. Moskvaliklar u bilan 2021 yil 31 mayga shartnoma tuzishdi. Ma'lumotlarka ko'ra, Tedesko yiliga 1,5 million evro maosh oladi. Natijalarga qarab, mazkur summa bonuslar bilan 2 million evrga ko'tarilishi mumkin.




