

"Estoniyaliklarning yaxshi jamoasi bor. Ular bahsni yaxshi boshladi va g'alaba uchun o'ynadi, ammo biz g'alaba qozondik va bu biz uchun eng asosiysi.
Estoniya juda faol pressing uyushtirdi, ikkinchi bo'lim boshida esa ular biroz charchab qolishdi, 90 daqiqa pressing qilishning iloji yo'q. Shu sababli ikkinchi bo'limda ko'proq to'pga egalik qildik.
Fransiyaga o'z kuchimizga ishongan holda boramiz. Kamida guruhdan chiqishga umid qilyapmiz, ammo guruhimizdan kim o'rin olishini bilishimiz lozim. Jamoamizning Evro-2016 finalida ishtirok etish uchun kuchi etadi" - deydi Shakiri.



