"Lion" qishki transfer oynasida Azmun bilan shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda

Alisher
6 noya 2021, 12:47
"Lion" "Zenit" hujumchisi Syerdan Azmun bilan qishki transfer oynasida shartnoma imzolashga qiziqmoqda.

Fransiya klubi yanvarda o'z tarkibini kuchaytirmoqchi, sababi jamoaning uch o'yinchisi Afrika millatlar Kubogi (9 yanvardan 6 fevralgacha)da ishtirok etish uchun ketishadi va mamlakat chempionatida jamoaga yordam bera olishmaydi.

"Lion" shuningdek Yevropa Ligasi pley-off o'yinlari tufayli transferga qiziqmoqda.

Fransiya klubining bosh maqsadi - Syerdar Azmun. Uning "Zenit" bilan tuzgan shartnomasi 2022 yilning yozida yakuniga etadi.


AlisherMuallif
Manba: L'Equipe