Shakiri Rossiya chempionatiga o'tishi mumkin

Mirjalol Normatov
29 mar 2020
"Football Insider" xabariga ko'ra, "Liverpul" futbolchisi Jerdan Shakiri faoliyatini Rossiyada davom ettirishi mumkin.

28 yoshli futbolchiga SSKA davogarlik qilmoqda. Shuningdek, Shakiri uchun ayni damda "Sevilya" va "Roma" kabi klublar ham o'zlarining qiziqishlarini bildirishmoqda. "Liverpul" esa o'z vingerini 28 mln evro evaziga qo'yib yuborishga tayyor turibdi. SSKA rahbariyati esa ushbu transfer uchun so'ralgan mablag'ni to'lashga tayyor.

Shakiri qishdayoq jamoani tark etishi mumkin edi. Biroq o'shanda Yurgen Klopp futbolchining ketishiga ruhsat bermagandi.

Xavbek joriy mavsum "qizillar" tarkibida 10ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishgan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Insider