

Futbol meni butun hayotimni o'zgartirib yubordi. Yaxshi tomonga albatta. Bu men uchun ketma-ket uchinchi mundial hisoblanadi. Albatta, eng esda qolarlisi 2010 yilda JARda bo'lib o'tgan chempionat hisoblanadi. O'shanda sevganim Pikening jamoasi musobaqa g'olibi bo'lgandi. Bu safargi mundial ham ancha qiziqarli kechmoqda va men uchun muhim ahamiyatga ega. Braziliya futbol yurti hisoblanadi. Yopilish marosimida ishtirok etish men uchun sharafli. Finalda kim g'alaba qozonishini bilmayman, ammo Xudodan bir narsani so'rab qolaman. Faqat penaltilar seriyasigacha ish yetib bormasa bo'lgani. Penaltilar seriyasi - bu ayovsiz bahs!



