Shaker Zuagi: “Kubokni qo'lga kiritish uchun kurashishda davom etamiz”

Narzulla Saydullayev
21 may 2016
“Bunyodkor” – “Obod” uchrashuvi oldidan “qaldirg'ochlar” vakili Shaker Zuagi o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

- Osiyo Chempionlar ligasida omadimiz chopmadi. Shunday ekan bor e'tiborimizni ichki musobaqalarga qaratganmiz. Buyuk klub sharafini himoya qilyapmiz. Shuningdek, ahil jamoa va yaxshi murabbiyga egamiz. Hozircha chempionatdagi ishtirokimiz yomon ketmayapti. Mamlakat kubogi bahslarida ham muvaffaqiyatli qatnashib, bosh sovrin uchun kurashishda davom etamiz, - deydi Shaker Zuagi.

"Bunyodkor" matbuot xizmati


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia