Shuker: “Benzema allaqachon “Real” tarixidan o'rin olib bo'lgan”

“Real” sobiq hujumchisi Davor Shuker jamoaning ayni damdagi asosiy forvardi Karim Benzema haqida gapirdi.

“Karim menga “to'qqizlik” rolida ko'proq yoqadi. U “Real” tarixiga kirib bo'ldi. Uning dunyodagi eng yaxshi o'yinchilardan biri ekanligiga menda hech qanday shubha yo'q. Unga faqat yaxshi tilaklarni va ko'proq gollarni tilashim mumkin, xolos”, - deydi Shuker.

Benzema “Real” safida hozirgacha 241 ta gol urgan. U klub tarixidagi eng yaxshi to'purarlar ro'yxatida 6-o'rinda bormoqda.


Manba: Goal.com