Erkinov o'z fikrlarini bildirib o'tdi: - Bir tur oldin yutqizishimiz kerak bo'lmagan o'yinda imkoniyatni boy bergandik. Shu sababli bu safar faqat g'alaba qozonishni maqsad qilgandik. Uchrashuv davomida raqibdan har tomonlama kuchli ekanligimizni amalda namoyish eta oldik. Chempionatning qolgan turlarida ham chiroyli o'yinlar namoyish etib muxlislarimizni hursand qilishimiz lozim. “Navbahor” jamoasi men uchun begona klub emas. Shu sababli, klubning ayni paytdagi holatiga befarq emasman.
Davralar oralig'ida “Navbahor”ni bir qator futbolchilar tark etishdi. Shu sababli, jamoa asosan mahalliy futbolchilariga tayanib to'p surmoqda. Jamoada ayni paytda qanday muhit xukmron ekanligidan xabarim yo'q. Ikki yil davomida “Navbahor”da to'p surdim. Biz o'ynagan paytda yomon jamoa shakllanmagandi. Futbolchilar maydonda bir-birlarini yaxshi tushungan holda harakat qilishayotgandi.
Nazarimda Baxtiyor Ashurmatovni bekorga iste'foga chiqarishdi. Aynan Ashurmatov ketgach, tarkibda jamlangan futbolchilar ham jamoani tark etishga qaror qilishgandi. Bu mening shaxsiy fikrim, shu sababli boshqalar bu fikrga qo'shilmasligi ham mumkin.