Shahboz Beg'amov: "O'zbekiston futbol hakamlari markazi direktori ishdan olindi!"

Alisher
24 may 2022, 13:02
Taniqli insayder Shahboz Beg'amov o'z telegram kanalida navbatdagi xabarni e'lon qildi.

"Iste'fo!

O'zbekiston futbol hakamlari markaziga 19 aprel kuni direktor etib tayinlangan Erkin Baxtiyorov ishdan olindi!

Ma'lumotlarimga ko'ra, PFL rahbariyati tomonidan aynan Hakamlar qo'mitasiga rahbarlik lavozimiga tavsiya etilgan, keyinchalik yangi tashkil etilgan futbol hakamlari markaziga direktor lavozimi ishonib topshirilgan Baxtiyorovning faoliyatida O'FA rahbariyati noto'g'ri ishlarni aniqlagach, ishonch oqlanmagach, yakunda Erkin Baxtiyorov ishdan olingan.

Tez orada O'FA ushbu ma'lumotni rasman tasdiqlasa kerak", - deb yozadi Shahboz Beg'amov telegramdagi o'z kanalida 


AlisherMuallif
Manba: championat.asia